TOSHKENT, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. Toshkentda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.









