Vladimir Norov: “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi

Vladimir Norov: “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi

TOSHKENT, 2-avgust. /“Dunyo” AA/.  Toshkentda tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Yig‘ilishni ochar ekan, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov quyidagilarni qayd etdi:

– Bugungi uchrashuv bizlarning o‘zaro munosabatlarimizdagi juda muhim voqealar –Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning 2022 yil martida O‘zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyidagi davlat tashrifidan so‘ng ro‘y bermoqda.

Xalqaro munosabatlarda hamda global iqtisodiyotda kechayotgan jadal va noodatiy jarayonlar hisobga olinganda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turgani ayon bo‘ladi.