O’zbekiston Respublikasidan hujjat talab qilish

Bosh konsulxonaning konsullik okrugi hududida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning murojaatlariga ko‘ra, Bosh konsulxona O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat muassasalari va tashkilotlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, ma’lumoti, ish staji va ariza beruvchilarning huquq va manfaatlariga daxldor boshqa hujjatlarni talab etish bo’yicha murojaat qiladi.
Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy guvohnomalar, haydovchilik guvohnomalari va boshqalarning asl nusxalari talab etilmaydi va chet elga olib chiqilmaydi.
Qayta nikoh to’g’risidagi guvohnomalar, agar nikoh buzilgan bo’lsa, shuningdek, vafot etgan shaxsning tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari ham talab qilinishi mumkin emas. Voyaga etmaganlarning tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so’raladi. O’lim to’g’risidagi guvohnoma marhumning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlarda talab qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni talab etish uchun Bosh konsulxonaga pochta orqali 1 nusxada quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. So`rovnoma – o‘zbek yoki rus tillarida batafsil to‘ldiriladi. Undan so‘ng chop etilinadi va unga imzosi hamda sanasi qo‘yilinadi;

2. Pasportning barcha sahifalaridan nusxasi (bo’sh sahifalardan tashqari);

3. Germaniyada yashashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (Dokument über die Rechtmäßigkeit des Aufenthalts);

4. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya;

    а) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – 30 evro
    b) chet el fuqarolari uchun – 70 evro
5. Tayyor hujjatlarni jo‘natish uchun manzili ko‘rsatilgan va tegishli marka yopishtirilgan konvert.

MUHIM!

Agar so‘ralayotgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarida topilmasa, ariza beruvchiga so‘ralgan hujjatlar yoki ma’lumotlar yo‘qligi to‘g‘risida xat yuboriladi. Bunday holda, konsullik yig’imi qaytarilmaydi.

Bosh konsulxonaning bank hisob-raqami veb-saytda ko’rsatilgan.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de