Bosh konsulxona

O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy saytiga xush kelibsiz!

O’zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining asosiy faoliyati konsullik okrugida O’zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bosh konsulxona konsullik okrugiga Germaniyaning 6 federal yeri, ya’ni Hessen, Baden-Wyurtemberg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Bavariya va Saarland hamda Lixtenshteyn knyazligi kiradi.

Bosh konsulxona o’z faoliyatida xorijliklar uchun viza berish, O’zbekiston Republikasi fuqarolari uchun barcha konsullik xizmatlarini ko’rsatish – pasport, xorijga vaqtincha va doimiy yashashga chiqish, fuqarolik xolatini qayd etish v.x.

Bundan tashqari, Bosh konsulxona O’zbekiston va Germaniya vakillari o’rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishni har toimonlama qo’llab-quvvatlaydi.

Bosh konsulxona manzili:

Generalkonsulat der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1,
30316 Frankfurt am Main
Bosh konsulxona bilan aloqa:
Tel: 0900 1745076
Fax: 069/915 01 11 15
E-mail: frankfurt@gk-usbekistan.de
Website: www.gk-usbekistan.de

Bosh konsulxona bank rekvizitlari:

Nassauische Sparkasse
Frankfurt am Main
Kontonummer 141055100
BLZ 51050015
IBAN DE08510500150141055100
BIC NASSDE55XXX
yoki
ONLINE-TO’LOV
Konsullik yig’imlari konsul hujjatlarni ko’rib chiqqandan so’ng pul o’tkazish yo’li bilan yoki Bosh konsulxonadagi EC-karta uchun terminal orqali to’lanishi mumkin!

 

OZBEKISTON RESPUBLIKASI FRANKFURTMAYN SHAHRIDAGI

BOSH KONSULXONASINING TASHRIF BUYURUVCHILAR DIQQATIGA

Bosh konsuxonada konsullik va notarial xizmatlari belgilangan vaqt orqali amalga oshiriladi. Bosh konsulxonaga navbatga yozilish “bosh sahifada” ko’rsatilgan.

Sizdan koronavirus pandemiyasi tarqalish xavfi tufayli cheklovlar bilan bog’liq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishning quyidagi qoidalari bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so’raymiz:

Konsullik va notarial xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha qabul (tayyor xorijga chiqish pasportini olishdan tashqari) belgilangan vaqt (Termin) orqali amalga oshiriladi. Qabul zalida bir vaqtning o’zida bo’lgan fuqarolar soni cheklangan. Xizmat ko`rsatilgandan keyin Bosh konsulxonani tark etishingizni so`raymiz.

Tashrif buyuruvchilarda infektsiyadan shaxsiy himoya vositalari bo’lishi lozim (himoya niqobi – kamida FFP2).

Bosh konsulxonaga kirishdan oldin va qabul zalida 1,5 – 2 m ijtimoyi masofani saqlang.

Qabul zaliga hamrohlik qilayotgan odamlarning kirishi taqiqlanadi.

Fuqarolarni Bosh konsulxonada qabul qilish qat’iy belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.

Konsullik yoki notarial xizmatlarni ko’rsatish uchun arizachi xizmat ko’rsatilishi munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi me`yoriy – huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan arizalar va boshqa hujjatlar va ularning nusxalarini topshirishi lozim. Noto’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatning yo’qligi yoki taqdim etilishi xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish uchun asos bo’ladi.

Sizdan belgilangan talablarga rioya qilishingizni so’raymiz. Ular tashrif buyuruvchilarning sog’lig’ini saqlash uchun tuzilgan.

Bosh konsulxonaga tashrif buyurishdan oldin fuqarolar Bosh konsulxonaning veb-sahifasida (https://gk-usbekistan.de/uz/consular-services/) joylashtirilgan konsullik va notarial xizmatlarni ko’rsatish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o’qib chiqishlari, maxsus interaktiv xizmatlar yordamida rasmiylashtirilgan hujjatlar va kerakli ilovalarni tayyorlashlari lozim (https://consulate.mfa.uz/site/index?language=uz).

Bosh konsulxonaga tashrif buyuruvchilarning sanitariya -epidemiologik xavfsizligini ta’minlash choralarini tushungan holda muomala qilishingizni so’raymiz!

Amalga oshirilgan chora -tadbirlar favqulodda holatlarga bog’liq va vaqtinchalik xarakterga ega.

Payshanba, shanba va yakshanba kunlari, shuningdek bayram kunlarida konsullik va notarial masalalari bo’yicha tashrif buyuruvchilarni qabul qilish amalga oshirilmaydi.

Telefon orqali maslahatlar qabul vaqtida ham beriladi. Shu o’rinda, elektron pochta orqali murojaatlar juda qulay bo’lib, qisqa muddatda ko’rib chiqiladi!

Bosh konsulxona o’z navbatida, pochta orqali yuborilgan murojaatlar va ularning javoblari yo’qolmasdan etib kelishi va borishiga kafolat bermaydi, shuningdek, mazkur masalalardan kelib chiquvchi harajatlarni qoplamaydi.

O’zbekiston Respublikasi bayramlari:
1 yanvar – Yangi yil
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
21 mart – Navro’z
9 may – Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr – Mustaqillik kuni
8 dekabr – Konstitutsiya kuni
Ramazon hayiti
Qurbon hayiti