O`zbekistonga qaytish uchun sertifikat

O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (bundan keyin – Sertifikat) O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (bundan keyin – Konsullik muassasalari) tomonidan chet elda vaqtincha yashayotgan va O`zbekistonda doimiy ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo`qotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan, o`g’irlatilgan, muddati o`tgan, varaqlari tugagan, avval pasport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun arizachi shaxsan Bosh konsulxonada konsullik suhbatidan o‘tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. Bosh konsulxona nomiga ariza;

2. Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasining veb-saytida shaxsni tasdiqlash haqidagi so`rovnoma – arizasini to`ldiradi va unga elektron fotosuratni biriktiradi.

3. Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – ariza-so`rovnomasi, 3 nusxada;
  • 2 dona rangli fotosurat (3х4 sм);

Eslatma: (elektron ariza-anketaga biriktiriluvchi fotosuratga qo`yiladigan talablar)

– fotosurat o`ichamlari 300×400 piksel (px) bo`lishi;
– fotosurat sifati 96 dpi dan kam bo`lmasligi;
– fayl formati JPEG;
– fayl hajmi 30KB dan oshmasligi;
– ko`z qorachiqlari orasidagi masofa 90 px bo`lishi;
– suratning tiniq va kontrastli bo`lishi;
– suratga tushuvchi shaxsning nigohi obyektivga tog`ri yo`naltirilgan bo`lishi;
– yuz pardozining (makiyaj) me’yoriyligi;
– suratdagi yorug`lik va kontrastning me’yoriyligi;
– ko`zlar ochiq va yaxshi ko`rinishi, sochlar ularni to`sib qo`ymagan bo`lishi;
– fotosuratda yuzning markazda joylashuvi, ko`zoynaksiz, bosh kiyimisiz, yuz qirralarining aniq ko`rinishi;
– orqa fonning yorug`, bir xil, dog`larsiz, bezaksiz va chiziqlarsiz bo`lishi
  • O`zbekistonga qaytish avia-chiptasi;
  • muddati o`tgan, yaroqsiz holga kelgan, viza varaqlari tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning olib qo`yilganligi yoki o`g`irlatilganligini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli idoralari ma’lumotnomasining asli va nusxasi;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qolganda – yo`qolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qolganligi haqida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
  • ularning tug`ilganlik haqida guvohnomasi (xorijiy davlat idorasidan berilgan bo’lsa legalizatsiya qilingan bo’lishi lozim), ota-onasining pasportlaridan va nikoh to’g’risidagi guvohnomadan nusxa;
  • konsullik to`lovlari chiptasi (kvitansiyasi).

MUHIM!!! Barcha xorijiy tillardagi hujjatlar rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim!

Arizachiga Sertifikat O`zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so`ng beriladi.

Sertifikat bir oy, istisno holatlarda uch oygacha muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.

Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o`tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqotilgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan va o`g`irlatilganligi sababli Sertifikatni olish maqsadida Konsullik muassasasiga murojaat qilib, so`rovnoma – arizasi topshirilgandan so`ng arizachining mazkur shaxsni tasdiqlovchi hujjati haqiqiy emas, deb e’lon qilinadi va topilgan yoki qaytarilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati Konsullik muassasasiga topshirilishi shart.

Arizachi O`bekistonga kelgandan so`ng 10 kundan kech bo`lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirilishi lozim.

Sertifikatni rasmiylashtirish va uni olish uchun 60 evro konsullik to`lovlari undiriladi. 16 yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun to’lov – 10 evro.

Sertifikat quyidagi shaxslarga berilmaydi:

  • xorijiy fuqarolarga;
  • O`zbekiston hududida doimiy ro`yxati yo`q fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
  • uzrli sababsiz O`zbekiston hududida 3 yildan ortiq bo`lmaganligi sababli O`zbekiston hududidagi doimiy ro`yxati bekor qilingan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
  • O`zbekiston fuqaroligidan chiqqan yoki fuqaroligi yo`qotilgan shaxslarga.

Quyidagi holatlarda ham arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:

  • o`zi haqida yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatining yo`qolganligi to`g`risida yolg`on ma’lumotlar bersa;
  • taqdim qilinishi lozim bo`lgan hujjatlar va ma’lumotlar belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar yetarli emas, so`rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to`liq emas);
  • taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqiy bo`lmasa.

Sertifikat berilgan shaxs O`zbekistonga kelganidan so`ng yangi pasportni rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga ushbu sertifikatni topshirishi shart.

Interaktiv xizmat reglamenti

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de