O’zbekiston Respublikasida foydalanish uchun hujjatlarni legalizatsiya qilish

Germaniya davlat organlari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va yuridik shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu konsullik xizmati Germaniya pochta xizmati orqali amalga oshiriladi, belgilangan vaqtni olish va Bosh konsulxonaga murojaat qilish shart emas.

Hujjat turiga qarab, Bosh konsulxonaga topshirishdan oldin u Germaniyaning quyidagi muassasalari va organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim:
I. Mintaqaviy kengash (Regierungspräsidium) yoki Federal er sudi (Landgericht)
yoki
II. Savdo-sanoat palatasi (IHK)
(faqat biznes hujjatlari uchun).

Hujjatni legalizatsiya qilish uchun Siz Bosh konsulxonaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz lozim:
– hujjatning asl nusxasi;

– to’ldirilgan ariza shakli;

– muddati amal qiluvchi pasport nusxasi;

– to’lov kvitansiyasining nusxasi;

– qaytish manzili ko’rsatilgan markali konvert.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan hujjatlar Bosh konsullik tomonidan tasdiqlanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Legalizatsiya to`lovi O`zbekiston fuqarolariga – 25 evro / Germaniya fuqarolariga – 65 evro (FHDYo, ish staji va ta’lim hujjatlari (diplomlar va ta’lim sertifikatlarini o’zaro tan olish to’g’risida ikki tomonlama kelishuvlar mavjud bo’lsa)).

Legalizatsiya to`lovi O`zbekiston fuqarolariga – 35 evro / Germaniya fuqarolariga – 115 evro (mulkni boshqarish, moliyaviy va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek hisoblar, ma`lumotlar, konosamentlar, fakturalar va sertifikatlar).

Legalizatsiya to’lovi – 115 evro (faqat biznes hujjatlari uchun).

Bank hisobi Bosh konsulxona veb-sahifasida ko’rsatilgan

Hujjatlarni pochta orqali yetkazib berish, shuningdek, barcha pochta xarajatlari uchun Bosh konsulxona javobgar emas!!!

JUDA MUHIM!!!
Noto’g’ri o’tkazilgan summalar QAYTARIB BERILMAYDI!

Shu munosabat bilan, har qanday to’lovni amalga oshirishdan oldin, sizdan ayrim konsullik xizmatlarining shartlarini diqqat bilan o’qib chiqishingizni so’raymiz.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de