Prezident Shavkat Mirziyoev SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev poytaxtimizdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishining tadbirlarida ishtirok etayotgan SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subraman`yam Jayshankar, Qozog’iston Bosh vazirining o’rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg’iziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubaev, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, SHHT bosh kotibi CHjan Min i va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo’mitasi direktori Ruslan Mirzaev ishtirok etdi.

Ko’p tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va SHHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O’zbekistonning birlashmaga raisligi davomida o’tgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentyabr` oyida Samarqandda o’tadigan sammit kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.