COVID-19: Dushanba kuni O‘zbekistonda 30 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi

COVID-19: Dushanba kuni O‘zbekistonda 30 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi

TOSHKENT, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. Dushanba kuni O‘zbekistonda 31 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 243 ming 162 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Eng ko‘p  kasallanish holatlari  poytaxtimizda (9), Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida (3 kishidan) qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 72 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.

Ayni paytda 1 ming 159 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.