TOSHKENT, 14-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan, Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish uchun 15-16 mart kunlari amaliy tashrif bilan Anqara shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.








