Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi boshlandi

Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi boshlandi

TOSHKENT, 7-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kirish nutqi bilan ochdi.

Uchrashuvda Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlikni o‘rnatish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qiladilar.

Ishtirokchilar Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining ikkinchi uchrashuvi o‘tkaziladigan joy va vaqtini belgilaydi hamda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar TIV rahbarlarining Toshkent shahrida o‘tkaziladigan 4-uchrashuvini o‘tkazish muddati yuzasidan fikr almashadilar.