Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga tashrifini buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga tashrifini buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

TOSHKENT, 13-mart. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev  bugun Surxondaryo viloyatiga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi avvalo buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.

Allohdan yurtimizga tinchlik, xayr-baraka tilab duo qilindi.

Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-maʼrifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar va diniy erkinliklar haqida so‘z yuritildi. Keyingi yillarda musulmonlar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi: yangi masjidlar, madrasalar qurildi, ilmiy-maʼrifiy majmualar barpo qilingani, har yili minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishayotgani taʼkidlandi.

Endigi asosiy vazifa buning ahamiyati va maʼnaviyatini xalqqa yetkazish ekani taʼkidlandi. Eng avvalo imom-xatiblar hududlarga chiqib, Hakim va Imom Termiziylar, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Abu Muin Nasafiy va boshqa buyuk allomalarimiz merosini tizimli va chuqur o‘rganishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirildi.