Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

Oʻzbekistonda eksport salohiyatini oshirish va eksportchilarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan faol tashqi iqtisodiy siyosat natijasida eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushining koʻpayishi va yangi xorijiy bozorlarning oʻzlashtirilishiga erishilmoqda.