Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etyapti.
Tadbir chog‘ida xalqaro kun tartibi va Hamdo‘stlik shaklidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019 yilga mo‘ljallangan ko‘p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasi ijrosi natijalari muhokama qilinadi. 2020 yilga mo‘ljallangan reja, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Majlis yakunida qator hujjatlar imzolash rejalashtirilgan.