Fermer uchun har bir fursat gʻanimat…

Fermer uchun har bir fursat gʻanimat…

Namangan viloyati Namangan tumanidagi “Shams Qamar yogʻdusi” fermer xoʻjaligi yildan yilga rivojlanmoqda.

Fermer uchun har bir fursat gʻanimat...

Xoʻjalik tashkil topgandan buyon oʻtgan davr mobaynida biror marta gʻalla yoki paxta yetishtirishda belgilangan reja bajarilmay qolmagan. El-yurt xirmoniga koʻzlangandan ziyod bugʻdoy, paxta topshirib kelingan.
El boshiga ish tushgan, koronavirus pandemiyasi koʻplab sohalarda rejalarni buzib yuborgan bugungi kunda ham fermer xoʻjaligi jamoasi karantin talablariga rioya qilgan holda mehnat qilmoqda. Xoʻjalik tasarrufidagi 42,5 gektar yerda paxta va bugʻdoy yetishtiriladi. Ayni paytda 20,8 gektar gʻallazor barcha agrotexnik ishlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilganini bildirib, yashnab turibdi. Bu yerdan gektaridan 44 sentnerdan oʻtkazib hosil olish rejalashtirilgan. Shuningdek, 21,7 gektar maydonga ekilgan chigit ham bir tekis unib chiqib, koʻzlangan 41,1 sentner hosildorlikdan nishona bermoqda.
– Oʻtgan yildan asalarichilikni ham yoʻlga qoʻydik, – deydi asalarichilik bobomeros anʼanasi boʻlgan fermer xoʻjaligi yetakchisi Ayubxon Yoʻldoshev. – Hozir 50 ta qutida 100 oila asalari parvarish qilayapmiz. Bu soha tansiq va shifobaxsh neʼmat boʻlishi bilan birga dehqon uchun muhim jihatda qoʻl keladi. Yaʼni gʻoʻzani, bogʻlarni va boshqa ekinlarni changlatishda asalari kerakli vosita hisoblanadi. Shuning uchun xoʻjaligimizda asalarichilikni ham rivojlantirishga qatʼiy kirishdik.