Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanining chekka hududida 20-30 yillardan buyon qarovsiz qolgan, boʻsh maydonda 70 gektar intensiv bogʻ barpo etildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumanga tashrif buyurib, ushbu zamonaviy intensiv bogʻ bilan tanishdi.
“Pure Fruit Trade” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilgan loyiha doirasida barpo etilgan bogʻning 50 gektariga gilos, 20 gektariga shaftoli va oʻrik koʻchatlari ekildi. Hosildorlikni oshirish, qoʻshimcha yer maydonini oʻzlashtirish maqsadida 2 ta nasos yordamida 2 kilometrdan ziyod masofadan suv tortib kelindi. Koʻchat va ekinlarni tomchilatib sugʻorish uchun 2,5 ming metr kub suvni saqlashga moslashgan havza barpo etildi. 20 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.
Bogʻ hosilga kirishi bilan mevalar Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlariga eksport qilinadi.