26-27 yanvar kunlari Bishkekda oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammiti bo‘lib o‘tadi

26-27 yanvar kunlari Bishkekda oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammiti bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

TOSHKENT, 24 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti: Singapurlik hamkorlarning innovatsiya va texnologiyalari mamlakatimizning resurslari va kadrlar salohiyatiga qo‘shilsa, bo‘lajak qo‘shma loyihalar barqaror rivojlanadi

O‘zbekiston Prezidenti: Singapurlik hamkorlarning innovatsiya va texnologiyalari mamlakatimizning resurslari va kadrlar salohiyatiga qo‘shilsa, bo‘lajak qo‘shma loyihalar barqaror rivojlanadi

TOSHKЕNT, 17-yanvar. /«Dunyo» AA/. Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.

«Istana» saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Singapur muzokaralari bo‘lib o‘tdi

«Istana» saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Singapur muzokaralari bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 17-yanvar. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda energiya taʼminotidagi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi

O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda energiya taʼminotidagi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi

TOSHKENT, 16-yanvar. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti Hindiston Bosh vaziri taklifiga binoan “Global Janub ovozi” sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti Hindiston Bosh vaziri taklifiga binoan “Global Janub ovozi” sammitida ishtirok etadi

TOSHKENT, 11 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12 yanvar kuni “Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.