Хорижий давлатлардан Ўзбекистонга ташриф буюраётган сайёҳларга қулайлик туғдириш мақсадида уларни вақтинчалик рўйхатдан ўтказишда жорий этилган енгилликлар юзасидан маълумот
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Angela Merkelni uning Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi.
Joriy yilning 5-8 iyun kunlari “Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ekologik forum doirasida xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Orol dengiziga mediatur tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi o‘tkazgan brifingda ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.
Toshkentda 23-fevral kuni O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralarining onlayn videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2018-yili 15 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bank prezidenti Suma Chakrabarti Londonda o‘zbek delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi EADaily.
Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri “Jeneral elektrik” korporatsiyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:
Samarqand shahrida 2020-yilgacha Samarkand city turizm zonasi, Samarqand tumanida esa eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion majmuasi barpo etiladi. Bu O‘zbekiston hukumatining “2017—2019-yillarda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.