Xotin-qizlar qo‘shimcha grant asosida oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniga ega bo‘ldi

Xotin-qizlar qo‘shimcha grant asosida oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«World Craft Council –APR» O‘zbekiston hunarmandlariga mablag‘ ajratdi

«World Craft Council –APR» O‘zbekiston hunarmandlariga mablag‘ ajratdi

Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tashkiloti (WCC – APR) joriy yilning aprelida Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlarida yuz bergan tabiiy ofatda, shuningdek, Sardoba suv omborida ro‘y bergan favqulodda hodisa sabab zarar ko‘rgan hunarmandlarga ko‘mak berish maqsadida mablag‘ ajratdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri «Hunarmand» uyushmasi manbasiga asoslanib.

Tashqi ishlar vaziri “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi yuqori darajali videokonferensiyada ishtirok etadi

Tashqi ishlar vaziri “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi yuqori darajali videokonferensiyada ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 18-iyun kuni xalqaro hamkorlik bo‘yicha “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida tashkil qilinadigan yuqori darajali videokonferensiyada ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olish uchun rasmiy talabnoma yubordi

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olish uchun rasmiy talabnoma yubordi

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi «Preferensiyalarning bosh tizimi» (“PBT+”) imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olish uchun rasmiy talabnoma yubordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati manbasiga asoslanib.

Ayrim toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali mamlakatimizga kirish va chiqishga ruxsat berildi

Ayrim toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali mamlakatimizga kirish va chiqishga ruxsat berildi

Koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanib borayotgan mamlakatlar bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyish, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari hamda investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.