Mamlakatimizning eng ulug‘ bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” g‘oyasi asosida nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijdagi ko‘plab davlatlarda tahsil olayotgan yoki mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan ham keng nishonlanmoqda. Shunday tadbirlarning biri Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya o‘lkasining Kyoln shahrida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.









