O‘zbekiston Prezidenti kelgusi yilda agrar sohada 600 mingta ish o‘rni yaratish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish maqsadini belgiladi

O‘zbekiston Prezidenti kelgusi yilda agrar sohada 600 mingta ish o‘rni yaratish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish maqsadini belgiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqi

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni chin dildan samimiy qutlashdan behad xursandman.

Sammitni yuqori darajada tashkil etgani va anʼanaviy mehmondo‘stlik uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Kemelevich Toqayev nomiga bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

YETTB O‘zbekiston energiya tizimini rivojlantirish uchun 47 million dollardan ziyod kredit mablag‘i ajratdi

YETTB O‘zbekiston energiya tizimini rivojlantirish uchun 47 million dollardan ziyod kredit mablag‘i ajratdi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bir qator xalqaro moliya institutlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Ular orasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bugungi kunga kelib, YETTB O‘zbekistondagi 113 loyihaga 3,6 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritdi.

O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi tadbirlarga boy va sermahsul bo‘ldi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti  Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan O‘zbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.