Hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich!
Qadrli do‘stim!

Hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich!
Qadrli do‘stim!

TOSHKENT, 31 yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Vengriya elchisi Dyula Kovachni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TOSHKENT, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TOSHKENT, 24 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TOSHKЕNT, 17-yanvar. /«Dunyo» AA/. Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.

TOSHKЕNT, 17-yanvar. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TOSHKENT, 16-yanvar. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TOSHKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”. AA muxbiri

TOSHKENT, 11 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12 yanvar kuni “Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun sanoatni rivojlantirish hamda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so‘nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shuningdek, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan taʼminlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.
Natijada oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.
Bu hududlar rivojiga ijobiy taʼsir qilmoqda. Jumladan, Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi. Birgina qurilish materiallari bo‘yicha 220 ta loyiha ishga tushirilib, viloyat sanoatida bu sohaning ulushi 20 foizdan oshdi.
Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo‘yicha 19 ta yirik loyiha amalga oshirilgan. Namanganda tashkil etilgan 54 ta yangi kichik sanoat zonasida 2022 yilda 3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshgan.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda natijalar imkoniyat darajasida emas. Xususan, 2022 yilda Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida sanoat o‘sishi ko‘ngildagidek bo‘lmagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolgan. Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan.
Shu bois yig‘ilishda joriy yilda sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni ko‘paytirish va zaxiralarni ishga solish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari sanoat uchun yangi imkoniyatlar va qo‘shimcha moliyaviy resurslar berilishini taʼkidladi.
Birinchi imkoniyat – bank normativlari qayta ko‘rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo‘shimcha 55 trillion so‘m resurslar taʼminlanadi. Bu – bitta tumanda o‘rtacha 20 million dollarlik investitsiyaga qo‘shimcha manba, degani.
Ikkinchi imkoniyat – 2023 yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, “G‘ijduvon” va “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonalari hududi kengaytiriladi. Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining filiallari tashkil etiladi.
Uchinchi imkoniyat – 2023 yildan boshlab, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo‘lgan to‘rtinchi va beshinchi toifadagi 60 ta tumanga 27 turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berilganidir.
To‘rtinchi imkoniyat – gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik tarmoqlari uchun taqdim etilayotgan yengilliklar. Unga ko‘ra, 2023 yilda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi. Charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xomashyo bo‘yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi. Zargar tadbirkorlarga xomashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari beriladi.
Prezidentimiz bu imkoniyatlarni aholi va tadbirkorlarga yetkazib, joylarda loyihalarni ko‘paytirish zarurligini taʼkidladi.
Sanoat zonalarida 1 ming 264 ta loyiha ishga tushirilishi aytildi. Shuningdek, Navoiy viloyatida 6-gidrometallurgiya zavodini hamda Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish, Andijonda zamonaviy quyuv sexini va Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini to‘liq quvvatga chiqarish ham muhim vazifalardan.
Mutasaddilarga sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, 6 milliard dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan 3 mingga yaqin loyihalarni vaqtida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Umuman, barcha manbalar evaziga joriy yilda sanoatni 14 foizga oshirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan sanoat tarmoqlari rahbarlari va hokimlar o‘z reja va takliflarini bildirdi.