O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot chog‘ida amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot chog‘ida amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga og‘ir judolikka uchragani –buvisi, hurmatli Ogulabat edje Berdimuhamedova hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yaqinda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, tashqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdilar.

O‘zbekiston Prezidenti  matbuot xizmati arxividan olingan surat.