O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 9-aprel. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu haqda  davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram-kanalida yozdi.

“Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz – Ogulabat Berdimuhamedovaning olamdan o‘tgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qayg‘u va iztirobga soldi. Ogulabat edje o‘zining ibratli hayot yo‘li, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan elu yurtingizning ulkan mehru muhabbatiga sazovor bo‘lgan moʻtabar inson edi.

Oilangiz uchun katta yo‘qotish bo‘lgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va do‘st Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor etamiz”, – deyiladi maktubda.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham taʼziya yo‘lladi.