Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish tartibi

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish tartibi Germaniyaning ayrim Federal erlarida (Hessen, Baden-Wyurtemberg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Bavariya va Saarland) faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini berish tartibi.
Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini olish uchun murojaat etuvchi shaxsan Bosh konsulxonaga tashrif (belgilangan vaqtda) buyurib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN 
1. O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi nomiga ariza.
2. To’ldirilgan so’rovnoma (shaklni chop eting). So’rovnoma elektron shaklda o’zbek tilida to’ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma’lumotlar bilan, tuzatishlar va qo’shimchalarsiz to’liq to’ldirilgan so’rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (jumladan bo’sh sahifalaridan). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Oʼzbekiston Respublikasida olingan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumoti (JShShIR);
5. Oʼzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjati nusxasi. Xususan, pasportdagi viza stikeri, yashash guvohnomasi yoki Germaniya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnomasi. Taqdim qilinayotgan hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinishi lozim.
6. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski – 1 dona.
7. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – 40 evro;
b) chet el fuqarolari uchun – 70 evro.
8. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl – 1 dona (namuna).
XORIJ YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
1. O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi nomiga notarial tasdiqlangan holdagi xat. Ushbu xatda yuridik shaxsning to’liq nomi va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR) aniq ko’rsatilishi talab etiladi (namunani chop etish).
2. To’ldirilgan so’rovnoma (shaklni chop eting). So’rovnoma elektron shaklda o’zbek tilida to’ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma’lumotlar bilan, tuzatishlar va qo’shimchalarsiz to’liq to’ldirilgan so’rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
3. Yuridik shaxsning rahbari pasporti (asl nusxa) va nusxasi.
4. Agar Elektron raqamli imzo (ERI) egasi Yuridik shaxsning vakili (Yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo’lsa, so’rovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko’rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to’g’risida yuridik shaxsning xati va notarial tasdiqlangan ishonchnoma.
5. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski – 1 dona.
6. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya – 70 evro.
7. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl – 1 dona (namuna).
Bosh konsulxonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to’lov:
– Bosh konsulxonada qabul vaqtida bank to’lov kartasi (EC) bilan;
– Bosh konsulxonaga qabulga kelishdan oldin pul o’tkazish yo’li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to’lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
Bosh konsulxonaning bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse
Frankfurt am Main
Kontonummer 141055100
BLZ 51050015
IBAN DE08510500150141055100
BIC NASSDE55XXX
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de