O`zbekistonga qaytish uchun sertifikat

O’zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi Bosh konsulxona tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro’yxatdan o’tgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki fuqaroligi yo’q shaxs guvohnomasi yo’qolgan, yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun arizachi shaxsan Bosh konsulxonada konsullik suhbatidan o‘tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. Bosh konsulxona nomiga ariza (namunani chop etish);

2. To’ldirilgan Ariza-so`rovnomasi 2-nusxada. Ariza-so`rovnomasi elektron shaklda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari orqali to’ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to’liq ma’lumotlar bilan to’ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To’ldirgandan so’ng, anketa yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan tayyor bo’ladi va uni varaqqa bosmalash talab etiladi;

3. 3,5 x 4,5 sm o’lchamdagi fotosurat (2 dona);

4. Pasportning asli va nusxasi (yaroqsiz holga kelgan va muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda);

5. Politsiyadan pasport yo’qolganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma (pasport yo’qolgan/o’g’irlangan). Ma’lumotnoma qabul qiluvchi mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tasdiqlangan va qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan bo’lishi kerak. Ushbu ma’lumotnomaning asli va nusxasi tarjimasi bilan birga taqdim etiladi;

6. Pasport yo’qotilgan taqdirda, iloji boricha yo’qolgan pasport yoki O’zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan berilgan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasini taqdim etish kerak;

7. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar:
a) O’zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O’zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Bosh konsulxonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomaning (Geburtsurkunde) asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug’ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Undan keyin hujjatning asli Legalizatsiya uchun Bosh konsulxonanaga taqdim etiladi (legalizatsiya qilish tartibi). Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O’zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;

Legalizatsiya qilingan Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinadi.

8. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlarining (biometrik bo’lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) barcha varaqlaridan (bo’sh varaqlaridan tashqari) nusxalar (16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun);

9.  Voyaga etmaganning ota-onalarining nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi);

10. Ariza beruvchining, ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki viza) asli va nusxasi.

11.  Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risidagi kvitansiya – 60 evro, 16 yoshgacha bo’lganlar uchun to’lov – 10 evro.

MUHIM MA’LUMOT!
– O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma faqat O’zbekistonning vakolatli idoralaridan tegishli tasdiq olinganidan keyingina beriladi.
– O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma bir oy muddatga va faqat istisno hollarda esa uch oygacha rasmiylashtiriladi, biroq muddati uzaytirilmaydi.
– O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi. Voyaga etmagan bolalar haqidagi ma’lumot boshqa shaxsning guvohnomasiga kiritilmaydi.
– O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan yoki barcha betlari foydalanib bo’lingan pasport o’rniga rasmiylashtirib beriladi. Eski passport Bosh konsulxonaga topshirilishi kerak.
– O’zbekiston Respublikasiga qaytib kelgandan so’ng, fuqaro mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugash kundan kechiktirmay yangi pasport olish uchun doimiy yashash tumanidagi ichki ishlar bo’limiga murojaat etishi shart.

Quyidagi hollarda murojaat etuvchiga O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma berilmasligi mumkin:
– o’zi haqida bila turib yolg’on ma’lumot berish yoki hujjat yo’qotilganligi bo’yicha soxta xabar berish;
– taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi (ro’yxat asosida tayyorlanmaganligi, noto’g’ri to’ldirish).

Bosh konsulxonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to’lov:
– Bosh konsulxonada qabul vaqtida bank to’lov kartasi bilan;
– Bosh konsulxonaga qabulga kelishdan oldin pul o’tkazish yo’li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to’lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.