Doimiy yashashga chiqish

O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan, qonuniy ravishda xorijda vaqtincha bo‘lgan va Germaniya va Lixtenshteynda doimiy qolishga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Bosh konsullikka shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni 2 nusxada taqdim etishi lozim:

1. O’zbekistoт Respublikasi mutasaddi idoralari nomiga erkin formada motiv va sabablari to’liq ko’rsatilgan holda yozma shaklda ariza;
2. So`rovnoma elektron shaklda o‘zbek yoki rus tillarida bosma ravishda to‘ldiriladi. So`rovnomani to`ldirgandan song, uni bosmalash, xujjatga imzo va sana qo`yish  lozim. Har bir ustunda batafsil ma’lumotlar ko’rsatilgan to’liq to’ldirilgan ariza shakli haqiqiy hisoblanadi.

DIQQAT: So`rovnomani to’ldirishda O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligini ko’rsatishingiz lozim. Ko‘pchilik xato qilib, O‘zbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasini ko‘rsatadi. Bunday holda, hujjat qabul qilinmaydi.

– 16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tegishli arizalar bilan murojaat qiladilar va so`rovnomani (elektron shaklda) to‘ldiradilar.

3. 3,5 х 4,5 см hajmdagi 2 dona fotosurat.
4. Pasportning asli (biometrik bo’lmagan, biometrik yoki chet elga chiqish uchun biometrik) va hamma varaqlaridan nusxa (A4 varaqning bir sahifasida 2 sahifa bo’lishi mumkin). Sahifalar tartibida tikilishi lozim.
5. Tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asli va nusxasi. Tug’ilganlik haqidagi guvohnomalar quyidagilar bo’lishi mumkin:
a) O‘zbekistondagi FHDYo yoki O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalarida berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (metrika);
b) Germaniya ro’yxatga olish idoralari tomonidan berilgan tug’ilganlik haqidagi guvohnoma. Ushbu hujjatning asli (Geburtsurkunde) dastlab Landgericht tomonidan tasdiqlanadi, so‘ngra tasdiqlangan hujjatning asli o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligiga qonuniylashtirish uchun taqdim etiladi. Ushbu konsullik harakat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 25 yevro, chet el fuqarolari uchun 115 yevroni tashkil etadi. To‘lovni Bosh konsullikda “EC” bank kartasi bilan terminal yordamida amalga oshirish mumkin. Shundan keyingina Germaniya muassasalari tomonidan berilgan hujjat O‘zbekiston rasmiylari tomonidan tan olinadi.
6. Harbiy guvohnoma yoki harbiy hizmat muddati uzaytirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma nushasi bilan.
7. Shaxsning xorijiy davlat hududida bo‘lishi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (pasportdagi tegishli stiker, viza, propiska, vaqtinchalik propiska, mahalliy hokimiyat organlarining ma’lumotnomalari, elektron shaxsiy guvohnoma) yoki alohida guvohnoma (asl va nusxasi). Ushbu hujjat Germaniyaning vakolatli organlari (Ausläderbehörde) tomonidan arizachining yashash uchun (ruxsatnoma) berilgan. Bu xujjatlarning hammasi rasmiy tarjimon tomonidan o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi lozim.
8. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi ota-onalar va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda ketish hollari bundan mustasno), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi sobiq er-xotinning, agar qo‘shma nikohdan farzandlari bo‘lsa, notarial tasdiqlangan roziligi. Voyaga yetgan shaxs va O‘zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarosi uchun chet elda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan ko‘chirma olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda quyidagi hollarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
– ota-onadan birining vafoti (o’lim to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etilganda);
– yagona ota-ona qaramog’ida bo’lgan bolani topish to’g’risidagi FHDYo organi tomonidan berilgan guvohnomaning mavjudligi;
– agar bolaning ota-onasidan biri chet el fuqarosi bo’lsa (faqat uning pasport nusxasi taqdim etiladi);
– sud tomonidan ota-onadan birining ota-onalik huquqidan mahrum etilishi (sud qarorining nusxasi taqdim etilganda);
– sud tomonidan ota-onadan birining bedarak yo’qolgan deb topilishi (sud qarorining nusxasi taqdim etilganda);
– sud tomonidan ota-onalardan biri muomalaga layoqatsiz deb topilganda (sud hal qiluv qarorining nusxasi taqdim etilganda);
– ota-onalardan biri e’lon qilingan va qidiruvda bo’lsa (ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi taqdim etilganda);
– agar ikkinchi ota-ona O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarilgan va chet elda doimiy yashayotgan bo‘lsa.
Ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar o’rtasidagi rozilik (kelishmovchilik), shuningdek, bolalarning chet elga chiqishini cheklash bilan bog’liq har qanday nizolar sudda hal qilinadi.
9. To’lov Bosh konsullxonada terminal orqali “EC” bank kartasi bilan 40 evro miqdorida amalga oshiriladi.
10. Xujjatlar uchun papka (Plastikschnellheft) – 2 dona.

DIQQAT: So`rovnomani to‘ldirishda yuqoridagi hujjatlar skanerlangan shaklda elektron tizimga bosqichma-bosqich ilova qilinadi. Agar ilova qilinmagan tegishli hujjat topilsa, konsullik harakati rad etiladi.
DIQQAT: Chet tilida tuzilgan har qanday hujjat o’zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi lozim!!!

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de