O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanali orqali tarqatgan maʼlumotga tayangan holda.









