Hurmatli fuqarolar!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2026-yil 31-avgust, dushanba kuni ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
2026-yil 1-sentabr, seshanba kuni — O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi kuni bo‘lib, qonunchilikka muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida 2026-yil 31-avgust va 1-sentabr kunlari fuqarolar qabuli amalga oshirilmaydi.
📌 Fuqarolardan Bosh konsulxonaga tashrif buyurishni rejalashtirishda mazkur ma’lumotni inobatga olish va ko‘rsatilgan kunlarda Bosh konsulxonaga kelmasliklarini so‘raymiz.
Fuqarolar qabuli va konsullik xizmatlarini ko‘rsatish 2026-yil 2-sentabrdan belgilangan tartibda qayta tiklanadi.
