O’zbekiston Prezidenti TDT bosh kotibi bilan uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O’zbekiston Prezidenti TDT bosh kotibi bilan uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, O’zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo’lajak sammitiga tayyorgarlik ko’rish masalalari ko’rib chiqildi.

O’tgan davrda turkiy davlatlarning ko’p tomonlama sherikligi yangi sur’at bilan rivojlanganini ta’kidlash joiz. Yuzdan ortiq tadbirlar o’tkazildi, amaliy hamkorlik uchun qator yangi maydonlar tashkil etildi.

Shuningdek, O’zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to’la huquqli a’zosi bo’ldi.

Uchrashuvda TDT doirasida savdo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va logistika, turizm, ekologiya, yoshlarga oid siyosat, turkiy xalqlarning madaniy va tarixiy merosini ommalashtirish sohalaridagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.