TOSHKENT, 13-oktyabr. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun ertalab MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga jo’nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo’shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.