O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga keldi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga keldi

TOSHKENT, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Haydar Aliyev nomidagi aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.