O‘zbekiston Prezidenti telefon orqali Qozog‘iston Prezidentini umumxalq saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti telefon orqali Qozog‘iston Prezidentini umumxalq saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

 TOSHKENT, 21 noyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti  Qasim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani va unda ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan olingan surat