AQSH va Tolibon harakati oʻrtasidagi uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish yoʻlidagi qatʼiy saʼy-harakatlarini eʼtirof etishmoqda

AQSH va Tolibon harakati oʻrtasidagi uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish yoʻlidagi qatʼiy saʼy-harakatlarini eʼtirof etishmoqda

“Tolibon” harakatining Qatardagi vakolatxonasi aʼzosi Anas Haqqoniy: Biz Mirziyoyevga ishonamiz!

– Janob Prezident Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston taraqqiyoti va ertangi ravnaqini taʼminlash maqsadida, ushbu mamlakatda tinchlikni qaror toptirish yoʻlida qatʼiy iroda namoyon etmoqda. Yagona mintaqada qoʻshni boʻlib yashayotgan jamiki xalqlar, mamlakatlar uchun ahil-inoq, osoyishta yashash hayotiy zaruratdir. Bir qoʻshnining tinchligi boshqa qoʻshnilarning ham osoyishtaligi hisoblanadi. Biron-bir qoʻshniga xavf tugʻilishi esa boshqa qoʻshnilarga ham xavf-xatar uygʻotadi. Bu borada biz janob Mirziyoyevning siyosati va qarashlarini qoʻllab-quvvatlaymiz. Eng muhimi, u kishi Afgʻonistonda tinchlik, sulh va osoyishtalikni qaror toptira oladi, deb ishonamiz.
Germaniya Federativ Respublikasining Afgʻoniston va Pokiston boʻyicha vakili Markus Potsel: Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi butun Markaziy Osiyo manfaatlariga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoning bir qismi hisoblangan Afgʻoniston masalasida Oʻzbekiston va Germaniya koʻp yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida ikki davlat afgʻon yoshlari taʼlim olishi uchun grantlar ajratib kelyapti. Bugungi kelishuvdan soʻng amalga oshadigan besh tomonlama yondashuv, yaʼni Qatar, Norvegiya, Indoneziya, Oʻzbekiston va Germaniyaning Afgʻonistondagi turli siyosiy kuchlar va guruhlar oʻrtasida oʻzaro muloqotni yoʻlga qoʻyish borasidagi harakatlari ham birgalikdagi intilishlarning yorqin misolidir.
Umuman, olganda Germaniya va YEI davlatlari Afgʻoniston zaminida tinchlik oʻrnatilishi tarafdori, chunki bu mojaroning yakun topishi avvalo jabrdiyda afgʻon xalqi manfaatlariga xizmat qiladi. Bu oʻz navbatida Markaziy Osiyo uchun ham har tomonlama foydali. Jumladan, savdo-sotiqni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, iqlim oʻzgarishiga qarshi birgalikda kurashish yoʻllarini topish, muqobil energiya ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi. Men 2018-yilning mart oyida Afgʻoniston masalasida Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda ishtirok etgandim. Keyin 2019-yil avgustda ham Oʻzbekistonga kelib, tashqi ishlar vaziri hamda Prezidentning Afgʻoniston masalalari boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdim. Germaniya Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish borasidagi alohida oʻrnini eʼtirof etadi. Zero, Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlashga qaratilgan Toshkent konferensiyasi aynan Oʻzbekiston yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etildi. Qolaversa, 2019-yil may oyida GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Toshkentga tashrifi mobaynida ham ikki davlat rahbari oʻrtasida Afgʻoniston masalasi chuqur tahlil qilingan edi.

Oʻz