O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan joriy yil mart oyi birinchi o’n kunida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida “Made in Uzbekistan” milliy sanoat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko’rgazma doirasida ishbilarmon doiralar ishtirokida biznes-forum tashkil etiladi.Shu munosabat bilan, «O’zekspomarkaz» MKK eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni ko’rgazmada ishtirok etishga taklif qiladi.
Ko’rgazma maqsadi: mahalliy sanoat kompaniyalari, innovatsion yutuqlar va investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda taqdimoti;
– ko’rgazma qatnashchilarini respublika ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati bilan keng tanishtirish;
– O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatini ochib berish;
– investitsiya loyihalari uchun keng imkoniyatlarni ko’rsatish kabilardir.
Ko’rgazma ekspozitsiyasi 2 blokdan iborat bo’ladi.
Ushbu ko’rgazmada «O’zbekneftegaz» AJ, «O’zkimyosanoat» AJ, «O’zbekoziqovqatxolding» XK, «O’zeltexsanoat» AK, «Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy tog’-metallurgiya kombinati» DK», «O’zbekcharmpoyabzali» uyushmasi, «O’zvinosanoat-xolding» XK, «O’zmetkombinat» AJ, «Artel», «Akfa», «Akfa Lighting», «Imzo», «O’zavtosanoat» AJ, «O’zqurilishmateriallari» AK, «O’zfarmsanoat» AK, «O’zbekengilsanoat» AJ, Turizmni rivojlantiri bo’yicha davlat qo’mitasi va boshqa tashkilot hamda korxonalar qatnashadi.
O’tkazilish joyi: Dushanbe shahridagi «Manej» sport majmuasi.
Kun.uz