Dushanbeda Made in Uzbekistan ko’rgazmasi bo’lib o’tadi

Dushanbeda Made in Uzbekistan ko’rgazmasi bo’lib o’tadi

O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan joriy yil mart oyi birinchi o’n kunida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida “Made in Uzbekistan” milliy sanoat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko’rgazma doirasida ishbilarmon doiralar ishtirokida biznes-forum tashkil etiladi.Shu munosabat bilan, «O’zekspomarkaz» MKK eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni ko’rgazmada ishtirok etishga taklif qiladi.

Ko’rgazma maqsadi: mahalliy sanoat kompaniyalari, innovatsion yutuqlar va investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda taqdimoti;
– ko’rgazma qatnashchilarini respublika ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati bilan keng tanishtirish;
– O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatini ochib berish;
– investitsiya loyihalari uchun keng imkoniyatlarni ko’rsatish kabilardir.

Ko’rgazma ekspozitsiyasi 2 blokdan iborat bo’ladi.

Ushbu ko’rgazmada «O’zbekneftegaz» AJ, «O’zkimyosanoat» AJ, «O’zbekoziqovqatxolding» XK, «O’zeltexsanoat» AK, «Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy tog’-metallurgiya kombinati» DK», «O’zbekcharmpoyabzali» uyushmasi, «O’zvinosanoat-xolding» XK, «O’zmetkombinat» AJ, «Artel», «Akfa», «Akfa Lighting», «Imzo», «O’zavtosanoat» AJ, «O’zqurilishmateriallari» AK, «O’zfarmsanoat» AK, «O’zbekengilsanoat» AJ, Turizmni rivojlantiri bo’yicha davlat qo’mitasi va boshqa tashkilot hamda korxonalar qatnashadi.

O’tkazilish joyi: Dushanbe shahridagi «Manej» sport majmuasi.

Kun.uz