28-noyabrdagi O‘zRQ-453-sonli “O‘zbekiston Respublikasining harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) hamda harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaning (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) aviatsion uskunalar bo‘yicha bayonnomasiga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Ushbu xalqaro kelishuvlar tashqi iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha kafillar, lizing beruvchilar va sotuvchilar huquqlarining kafolatlarini ta’minlaydi. Kafolatlar uch turdagi obyektlarga nisbatan ishlaydi:
- Havo kemalari planerlari, aviatsion dvigatellar va vertolyotlar;
- Temir yo‘l harakatlanuvchi sostavlari;
- Kosmik vositalar.
Qonun O‘zbekistonning bir qator bayonotlarini o‘z ichiga oladi, ularni mamlakat konvensiya va bayonnoma asosida berishi talab etilardi. Ular ratifikatsiya qilingan hujjatlarning alohida holatlari qanday ishlatilishiga aniqlik kiritadi.