O‘zbekiston transport kelishuvlari borasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shildi

O‘zbekiston transport kelishuvlari borasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shildi

28-noyabrdagi O‘zRQ-453-sonli “O‘zbekiston Respublikasining harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) hamda harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaning (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) aviatsion uskunalar bo‘yicha bayonnomasiga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: Norma

Ushbu xalqaro kelishuvlar tashqi iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha kafillar, lizing beruvchilar va sotuvchilar huquqlarining kafolatlarini ta’minlaydi. Kafolatlar uch turdagi obyektlarga nisbatan ishlaydi:

  • Havo kemalari planerlari, aviatsion dvigatellar va vertolyotlar;
  • Temir yo‘l harakatlanuvchi sostavlari;
  • Kosmik vositalar.

Qonun O‘zbekistonning bir qator bayonotlarini o‘z ichiga oladi, ularni mamlakat konvensiya va bayonnoma asosida berishi talab etilardi. Ular ratifikatsiya qilingan hujjatlarning alohida holatlari qanday ishlatilishiga aniqlik kiritadi.