Tug’ilganlik, nikoh yoki ajrim to’g’risidagi guvohnomani taqdim etish tartibi

1. Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma
a) O‘zbekiston Respublikasining FHDYo organi yoki O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalari tomonidan berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (legallashtirish yoki apostil qo‘yish, shuningdek tarjimasi talab qilinmaydi).
b) Germaniya fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma. Ushbu hujjat Bosh konsullikda belgilangan tartibda qonuniylashtirilishi kerak. Hujjatlarni qonuniylashtirish tartibi uchun bu yerga qarang. Shundan keyingina Germaniya muassasalari tomonidan chiqarilgan hujjat O‘zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki apostil qo‘yilgandan so‘ng, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyodli tarjimon tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.

2. Nikoh yoki ajrim to’g’risidagi guvohnoma
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi yoki O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalari tomonidan berilgan nikoh yoki ajrim to‘g‘risidagi guvohnoma (legallashtirish yoki apostil qo‘yish, shuningdek tarjimasi talab qilinmaydi).
b) Germaniya FHDYo organlari tomonidan berilgan guvohnoma. Ushbu hujjat Bosh konsullikda belgilangan tartibda qonuniylashtirilishi kerak. Hujjatlarni qonuniylashtirish tartibi uchun bu yerga qarang. Shundan keyingina Germaniya muassasalari tomonidan chiqarilgan hujjat O‘zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki apostil qo‘yilgandan keyin nikoh yoki ajralish to‘g‘risidagi guvohnoma qasamyodli tarjimon tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de