O’zbekiston Prezidenti raisligida bo’lib o’tgan yig’ilishda to’qimachilik tarmog’ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

O’zbekiston Prezidenti raisligida bo’lib o’tgan yig’ilishda to’qimachilik tarmog’ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

TOSHKENT, 16-aprel. /”Dunyo” AA/.  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun to’qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Hurmatli Vatandoshlar!

Barchangizni ezgulik va saxovat ayyomi muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug` kunda Sizga va yaqinlarizga mustahkam sog`liq, tinchlik-omonlik, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.

Ehtirom ila,

O`zbekiston Respublikasining

Frankfurt-Mayn shahridagi

Bosh konsulxonasi

O’zbekiston Prezidenti migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotini ko’rib chiqdi

O’zbekiston Prezidenti migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotini ko’rib chiqdi

TOSHKЕNT, 2-aprel. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevga bugun migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo’lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir.

Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

O’zlaringiz kabi go’zal bayramingiz muborak bo’lsin!

O’zbekiston Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig’ilishi ishtirokchilariga tabrik yo’lladi

Hurmatli delegatlar!

Xonimlar va janoblar!

Atrof-muhit va bioxilma-xillikni saqlash yo’lidagi muhim xalqaro tadbir – Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi yig’ilishining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy tabriklayman.

Avvalambor, Konvensiya kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha dasturiga ushbu nufuzli anjumanni mamlakatimizda o’tkazish tashabbusini qo’llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman.

Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri, bebaho me’morchilik durdonasi hisoblangan ko’hna Samarqandga xush kelibsiz!

So’nggi yillarda ushbu qadimiy va betakror shahar qator dolzarb muammolar bo’yicha muloqotlarning global markaziga aylanib bormoqda. Mazkur forum Samarqandning ekologik diplomatiyaning ta’sirli markazlaridan biri sifatida maqomini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu o’rinda 2023-yilning dekabr oyida bu yerda cho’llanishga qarshi kurash bo’yicha xalqaro anjuman o’tkazilganini, joriy yil aprel oyida esa Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishlariga bag’ishlangan yirik forum tashkil etilishini alohida ta’kidlamoqchiman.