21-iyul kuni Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligidagi sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdilar.









