TOSHKENT, 7 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Bryusselga tashrif doirasida kecha Belgiya tashqi ishlar, Yevropa ishlari, tashqi savdo va federal madaniyat muassasalari vaziri Haja Lahbib bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.









