O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Prezidentining dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi chop etiladi

12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Prezidentining dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi chop etiladi

TOSHKЕNT, 12-sentabr. /«Dunyo» AA/. 12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi chop etiladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

 

(2022 yil 12  sentyabr)

 O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.

Xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotgani bugungi kun haqiqatidir. Buning asosiy sabablaridan biri – global darajada davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotgani bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida geosiyosiy qarama-qarshiliklarga rag‘bat berib, “bloklarga mansublik” stereotiplarining qayta tug‘ilish xavfini yuzaga keltirmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yo‘liga qaytishini va global taʼminot zanjirlarining tiklanishini murakkablashtirmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya Qirolichasining vafot etgani munosabati bilan taʼziya izhor etdi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya Qirolichasining vafot etgani munosabati bilan taʼziya izhor etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanali orqali tarqatgan maʼlumotga tayangan holda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatini taqdim qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatini taqdim qildi

TOSHKЕNT, 7 sentabr. /«Dunyo» AA/. Bryussel shahrida kecha “Konstitutsiyaviy islohotlar: qonun ustuvorligi, xavfsizlik, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”  AA muxbiri.

O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdi

TOSHKENT, 7 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Bryusselga tashrif doirasida kecha Belgiya tashqi ishlar, Yevropa ishlari, tashqi savdo va federal madaniyat muassasalari vaziri Haja Lahbib bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

SHHT Bosh kotibi Chjan Min: tinchlik, xavfsizlik va mintaqa barqarorligi ko‘p jihatdan SHHT mavjudligi bilan bog‘liqdir

SHHT Bosh kotibi Chjan Min: tinchlik, xavfsizlik va mintaqa barqarorligi ko‘p jihatdan SHHT mavjudligi bilan bog‘liqdir

SHHT Bosh kotibi Chjan Min Xitoyning “CGTN” xalqaro yangiliklar telekanaliga bergan intervyusida SHHTga aʼzo davlatlarning Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlari ushbu mamlakatni tinch yo‘l bilan qayta qurishga hissa qo‘shishiga umid bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.