Konsullik hisobi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “O`zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonining 1-ilovasi 51-52 bandlariga ko`ra:

  • o`rnatilgan tartibda xorijga doimiy yashashga chiqqan, shuningdek, vaqtincha chet elda bo`lib turuvchi fuqarolar O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro`yxatiga turadilar.
  • doimiy konsullik ro`yxatiga xorijga doimiy yashashga chiqqan va chet elga chiqishlarini o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirgan fuqarolar olinadi.

Vaqtincha konsullik ro`yxatiga olinmagan fuqarolar chet elda vaqtincha bo`lgan paytlarida pasportlarini yo`qotgan, amal qilish muddatini o`tkazib yuborgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan hollarda tegishli konsullik muassasasiga O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish uchun murojaat qiladilar.

Konsullik ro’yxatiga olish bo’yich quyidagi havola orqali tegishli anketalarni to’ldirish talab etiladi – http://consulate.mfa.uz/.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de