Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish konsullik muassasalari tomonidan xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro`yxatida turadigan fuqarolarga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va xorijga olti oydan ko`p muddatga xizmat safari, o`qish, davolanish, kontrakt bo`yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik yashash uchun chiqqan hamda vaqtinchalik konsullik ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan 2020 yilning 1 aprelidan boshlab oshiriladi.
DIQQAT!
Agar fuqaro yoki voyaga yetmagan shaxs Bosh konsulxona vaqtincha konsullik yoki doimiy konsullik ro’yxatidan o’tmagan bo’lsa, bu holda avval vaqtincha konsullik yoki doimiy konsullik ro’yxatidan o’tishi talab etiladi. So’ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Pasport rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchi shaxsan belgilangan vaqtga Bosh konsulxonaga tashrif buyurishi lozim.
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun elektron ariza-anketa to`ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi. Elektron ariza-anketa chop etilishi va o‘zbek yoki rus tillarida to‘ldirilishi kerak. Har bir ustunda batafsil ma’lumotlar ko’rsatilgan to’liq to’ldirilgan ariza-anketa haqiqiy hisoblanadi.
MUHIM: oxirgi 5 yildagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi bandni (shu jumladan, taʼlim muassasalarida oʻqish va harbiy xizmatni) xronologik tartibda va sana oraligʻisiz, shuningdek, yaqin qarindoshlar toʻgʻrisidagi bandni toʻldirish lozim.
2. Pasportning (asli va hamma sahifalardan nusxa). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma (asli va hamma sahifalardan nusxa).
4. Nikoh (ajrim) haqidagi guvohnoma (asli va hamma sahifalardan nusxa).
5. 3,5 х 4,5 hajmdagi fotosurat.
6. Germaniyada vakolatli organlaridan (Ausläderbehörde) berilgan yani qonuniy yashashni tasdiqlovchi hujjat (asli va nusxasi) yoki pasportdagi tegishli stiker, viza, vaqtinchalik ro’yxatga olish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’lumotnomalari va elektron shaxsiy guvohnoma.
7. Mavjud pasport muddati o’tib ketgan bo’lsa buning sababi (konsul nomiga ariza) tushuntirib va har bir o’tgan kalendar yil uchun 50 evro jarima. Belgilangan jarimani to’lash to’g’risidagi kvitansiya qolgan zarur hujjatlar bilan birga alohida ilova qilinadi.
8. 170 evro konsullik yig’imi (Bosh konsulxonada EC-karta uchun terminal orqali to’lash mumkin).
Voyaga yetmaganlar uchun
16 yoshga to’lmagan va ota-onasi yoki ulardan biri bilan konsullik okrugida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolar xorijga chiqish pasporti uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun
Anketa. Har bir ustunda batafsil ma’lumotlar ko’rsatilgan to’liq to’ldirilgan anketa haqiqiy hisoblanadi.
2. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (16 yoshgacha bo’lgan bolalar va 16 yoshga to’lgan shaxslar uchun – chet elga chiqish uchun biometrik pasportni dastlabki ro’yxatdan o’tkazish paytida).
Tug’ilganlik haqidagi guvohnomalar quyidagilar bo’lishi mumkin:
a) O‘zbekistondagi FHDYo yoki O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalarida berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ;
b) Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomaning asli va nushasi. Agarda guvohnoma horijiy davlat mutasaddi idorasi tomonidan berilgan bo’lsa, legalisatsiya (Regierungspräsidium yoki Landgericht) yoki apostillashtirilgan bo’lishi kerak.
3. Agarda pasport mavjud bo`lsa, uning asli va hamma sahifalardan nusxa taqdim qilinadi. A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. 3,5 х 4,5 hajmdagi fotosurat
5. Ota-onasining pasportlari (asli va hamma sahifalardan nusxa) taqdim qilinadi. A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
Agarda ota-onasidan biri yaki ikkalasining pasport nusha olishning imkoni bo’lmasa, sababi tushintirilgan holda:
а) o’lganligi haqida guvohnoma (asli va nusxasi);
b) ota-onalardan birini bedarak yo’qolgan yoki o’lgan deb e’tirof etish to’g’risidagi vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi;
c) bolaning yolg’iz ona yoki ota qaramog’idaligini tasdiqlovchi hujjat;
d) yoki boshqa qonunchilik tomonidan ruxsat berilgan hujjat.
6. Ota-onaning nikohi to’g’risidagi guvohnoma (asli va nusxasi). Ajrashgan taqdirda, ota-onaning ajrashish to’g’risidagi sud qarorini (asli va nusxasi) taqdim etish kerak.
7. Xorijda nikoh bo’lgan bo'
lsa yoki ajrashgan taqdirda, nikoh yoki ajralish to’g’risidagi guvohnoma (asli va nusxasi) taqdim qilinqdi. Ushbu hujjat legalisatsiya (Regierungspräsidium yoki Landgericht) yoki apostillashtirilgan bo’lishi kerak.
8. Voyaga etmagan bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining Germaniyada vakolatli organlaridan (Ausläderbehörde) berilgan yani qonuniy yashashni tasdiqlovchi hujjat (asli va nusxasi) yoki pasportdagi tegishli stiker, viza, vaqtinchalik ro’yxatga olish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’lumotnomalari va elektron shaxsiy guvohnoma.
9. Agarda ota-onadan biri chet el fuqarosi bo’lsa uning yozma notarial tasdiqlangan roziligi. Ushbu hujjat chet tilida tuzilgan bo’lsa, u holda ushbu hujjat qasamyodli tarjimon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinishi lozim.
10. Agarda ota-onadan biri O’zbekistonda doimiy yashasa va farzand bilan birga kelmagan bo’lsa uning yozma notarial tasdiqlangan roziligi.
11. Hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati.
12. Xorijga chiqish pasporti uchun
20 evro miqdorida haqiqiy xarajatlar uchun to’lov
hisob raqamiga o’tkazish (Bosh konsulxonada EC-karta uchun terminal orqali to’lash mumkin).
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoki yozuvlarda noto‘g‘ri va xatolar aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish uchun pasport almashtirilganda fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni Bosh konsulxonaga taqdim etadi.
Shuni ta’kidlash kerak, Bosh konsulxona zarur deb hisoblagan taqdirda ham, yuqoridagi ro‘yxatlarda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilish huquqiga ega.
Bosh konsulxona barcha hujjatlarning asl nusxasini talab qilish huquqiga ega, shu jumladan shaxsning boshqa fuqaroligi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatni ham (o‘zbek yoki rus tillariga qasamyodli tarjimon tomonidan tarjima qilingan va zarur hollarda belgilangan tartibda tasdiqlangan).
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar xorijiy tilda bo‘lsa, unda ushbu hujjatlar qasamyodli tarjimon tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinishi lozim!
Tayyor pasportlarni olish tartibi
Hurmatli murojaat etuvchilar! Agar
tayyor passportlar ro’yxatida o’zingizga tegishli ma’lumotlar bo’lgan taqdirda, pasportni olish uchun elektron navbat olib
E-navbat Bosh konsulxonaga qabulga kelishingiz mumkin. Yangi pasportni olish uchun eski pasportni taqdim etishingiz talab etiladi, bu holatda:
– agar fuqaro Bosh konsulxonada doimiy konsullik ro’yxatida tursa, uning eski pasporti olib qo’yiladi va o’rniga yangi pasport beriladi;
– agar fuqaro Bosh konsulxonada vaqtinchalik konsullik ro’yxatida tursa, uning eski pasportiga muxr bosilib fuqaroning o’ziga qaytariladi (agar eski pasport muddati o’tgan bo’lsa, xujjat olib qo’yiladi);
– agar fuqaro birinchi marta pasport olayotgan bo’lsa, tug’ilganlik guvohnomasini ko’rsatgan holda yangi pasportni olishi mumkin.