Qayta nikoh to’g’risidagi guvohnomalar, agar nikoh buzilgan bo’lsa, shuningdek, vafot etgan shaxsning tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari ham talab qilinishi mumkin emas. Voyaga etmaganlarning tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so’raladi. O’lim to’g’risidagi guvohnoma marhumning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlarda talab qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni talab etish uchun Bosh konsulxonaga pochta orqali 1 nusxada quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. So`rovnoma – o‘zbek yoki rus tillarida batafsil to‘ldiriladi. Undan so‘ng chop etilinadi va unga imzosi hamda sanasi qo‘yilinadi;
2. Pasportning barcha sahifalaridan nusxasi (bo’sh sahifalardan tashqari);
3. Germaniyada yashashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (Dokument über die Rechtmäßigkeit des Aufenthalts);
4. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya;
MUHIM!
Agar so‘ralayotgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarida topilmasa, ariza beruvchiga so‘ralgan hujjatlar yoki ma’lumotlar yo‘qligi to‘g‘risida xat yuboriladi. Bunday holda, konsullik yig’imi qaytarilmaydi.
Bosh konsulxonaning bank hisob-raqami veb-saytda ko’rsatilgan.