TOSHKENT, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TOSHKENT, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Hurmatli forum ishtirokchilari!
Xonimlar va janoblar!
Siz, azizlarni Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasi bo‘lgan qadimiy va betakror Samarqand shahrida II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Bu yilgi anjumanning asosiy muloqot mavzusi “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” masalasiga bag‘ishlangani bejiz emas.
TOSHKENT, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

ТОШКЕНТ, 1 ноябрь. /«Дунё» АА/. Ўзбекистон ташқи ишлар вазири Владимир Норов бугун Германия Федерал ташқи ишлар вазири Анналена Бербок билан учрашди, деб хабар бермоқда «Дунё» АА мухбири.

TOSHKENT, 31-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bugun kechqurun Toshkentga uch kunlik tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Yevropa muzokaralari yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning matbuot uchun qo‘shma bayonoti qabul qilindi:

TOSHKENT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TOSHKENT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov hamrohligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Toshkentdagi yangi ofisining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Yuqori martabali mehmon tadbir doirasida OAV vakillariga intervyu berdi.
– Bugun O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochadigan, siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik va insoniy o‘lchovlar sohalaridagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning parafillanganini olqishladik.
Biz O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuqori baholaymiz. O‘zaro bog‘liqlikni muhim deb hisoblaymiz va kelgusida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan muntazam ravishda uchrashib, o‘zaro bog‘liqlik, “yashil” iqtisodiyot va barqarorlik masalalarini birgalikda muhokama qilishni rejalashtirganmiz. Bunday mazmundagi muntazam uchrashuvlar o‘zaro anglashuvni yaxshilashga yordam beradi.
Kecha biz YEI va Markaziy Osiyo hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazdik. O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlar katta hajmdagi tabiiy resurslarga ega va geografik joylashuvi nuqtai nazaridan Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prikdir. Xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida barqarorlikka erishish yo‘lida yana-da ko‘proq ishlar qilishimiz mumkin, deb bilaman.

Yaqin kunlarda Samarqandda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiyada biz “yashil” va raqamli iqtisodiyot sohasida aniq takliflarni taqdim etamiz.