Aziz Vatandoshlar!

Aziz Vatandoshlar!

Sizlarni eng muhim va qadrli bayramimiz – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Bu kun davlatimizning erkinligi va suverenitetini, o’z rivojlanish yo’lini mustaqil ravishda tanlash va kelajagini belgilash huquqini anglatadi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston ulkan yo’lni bosib o’tdi, turli sohalarda jadal rivojlanib borayotgan davlatga aylandi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sog’liq, farovonlik, tinchlik va taraqqiyot tilaymiz! Qaerda bo’lmaylik, har kuningiz quvonch, baxt va yangi yutuqlarga to’la bo’lsin,!
Vatanga bo’lgan muhabbatimiz esa ruhimizga kuch bag’ishlab, bizlarni jipslashtirsin!

Samimiy tilaklar bilan,
O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi

Saylovda ovoz berishning mutlaq yoki nisbiy ko‘pchilikka asoslangan tizimi: muhim o‘zgarishlar

Saylovda ovoz berishning mutlaq yoki nisbiy ko‘pchilikka asoslangan tizimi: muhim o‘zgarishlar

Saylov – 2024

Xabaringiz bor, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining vakolat muddati 2024 yil tugashini inobatga olib, joriy yil 27 oktyabrda saylov o‘tkazilishi va saylov kampaniyasi 26 iyuldan boshlanishi haqida qaror qabul qilingan.

Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Hurmatli Vatandoshlar!

 

Barchangizni ezgulik va saxovat ayyomi muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug` kunda Sizga va yaqinlarizga mustahkam sog`liq, tinchlik-omonlik, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.

 

Ehtirom ila,

 

O`zbekiston Respublikasining

Frankfurt-Mayn shahridagi

Bosh konsulxonasi

TIVda AQShning iqtisodiy taraqqiyot sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan grantlari taqdimoti bo’lib o’tdi

TIVda AQShning iqtisodiy taraqqiyot sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan grantlari taqdimoti bo’lib o’tdi

Kecha O’zbekiston tashqi ishlar vazirligida AQShning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda iqtisodiy taraqqiyot sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan AQSh grantlarining taqdimoti tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O’zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot chog’ida 2023-yil yakunlarini sarhisob qilib, 2024-yilga mo’ljallangan rejalarni ko’rib chiqdilar

O’zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot chog’ida 2023-yil yakunlarini sarhisob qilib, 2024-yilga mo’ljallangan rejalarni ko’rib chiqdilar

TOSHKENT, 9-yanvar. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan telefon orqali muloqot chog’ida 2024-yilga mo’ljallangan rejalarni muhokama qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.