Assalomu alaykum qadrli Vatandoshlar,
Kirib kelayotgan muqaddas Qurbon hayit ayyomi bilan barchangizni muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, oilaviy baxt va ulkan zafarlar tilab qolamiz. Xonadoningizdan fayzu-baraka, tinchlik-totuvlik arimasin. Barcha ezgu niyyatlaringizda Alloh hamrohingiz bo’lsin.
Cheksiz hurmat va ehtirom ila,
O’zbekiston Respublikasining
Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi