22–24 sentabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida an’anaviy “Plastex Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Xitoy, Latviya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, O‘zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishini tasdiqladi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
“Plastex Uzbekistan” har yili kuzda Toshkent shahrida uskunalar ishlab chiqaruvchilar, xomashyo yetkazib beruvchilar, qayta ishlovchilar, muhandislar va polimer sanoati korxonalari rahbarlarini jamlaydi. O‘zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan plastmassa sanoati ko‘rgazmasi sifatida u har yili kimyo va polimer komplekslarining eng yangi ishlanmalarini namoyish etadi.
Bu galgi ko‘rgazmada Avstriya, Eron, Germaniya, Hindiston, Italiya, Latviya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy, O‘zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ko‘rgazmaning yangi ishtirokchilari orasida ilk bor o‘z yechimlarini o‘zbekistonlik mutaxassislarga taqdim etadigan kompaniyalar ham bor. “Koenig&Bauer Kammann GmbH” (Germaniya) 70 yildan ortiq vaqt davomida plastik idishlarni bezash bo‘yicha to‘liq avtomatik bosma mashinalarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
“Definitive Innovation” (Italiya) – dozalash, aralashtirish, filtrlash, saqlash, pnevmatik tashish va sanoat avtomatlashtirish texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or yechimlar sohasida ishonchli hamkor hisoblanadi.
Shuningdek, yana bir Italiya kompaniyasi – “PLAS MEC S.R.L.” PVX, plastmassa, superkonsentratlar, kukunli qoplamalar, konstruksion plastmassalar va boshqa yuqori sifatli materiallar uchun aralashtirish tizimlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida jahon miqyosida eʼtirof etiladi.
Turkiyaning “TERMOKAR MAKİNA” kompaniyasi plastmassa, rezina, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat va avtomobilsozlik kabi sohalar uchun yuqori samarali chillerlar va issiqlik almashinuvi yechimlarini taklif etadi.
Ko‘rgazmada mahalliy korxonalarni termoelastoplastlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanalgan yurtimizdagi “NOVOPLAST TPE” kompaniyasi namoyish qiladi.
Tashrif buyuruvchilar plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun zamonaviy uskunalar, polimer xomashyosi va maxsus qo‘shimchalar, press-qoliplar, periferik uskunalar, qadoqlash va qayta ishlash sanoati uchun yechimlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.
“Plastex Uzbekistan” ko‘rgazmasining asosiy afzalliklaridan biri uning amaliy formatidir. Tashrif buyuruvchilar uskunalarni amalda ko‘rishi, kompaniyalar vakillaridan maslahat olishi va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar bilan texnik masalalarni bevosita muhokama qilishi mumkin bo‘ladi.
2025-yildan boshlab “Plastex Uzbekistan” qadoqlash, qayta ishlash va tegishli texnologiyalar yo‘nalishlarini birlashtirgan holda “4P Central Asia” bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Bunday format ekspozitsiyani kengaytiradi va mutaxassislarga bir tashrif davomida bir nechta o‘zaro bog‘langan sohalarning takliflari bilan tanishish imkonini beradi.
Kimyo va polimer sanoati O‘zbekiston sanoatini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda: polimerlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashning o‘sishi zamonaviy uskunalar, xomashyo va texnologiyalarga barqaror talabni shakllantirmoqda.
Bunday sharoitda “Plastex Uzbekistan” xorijiy uskunalar va xomashyo ishlab chiqaruvchilar, savdo palatalari va ixtisoslashtirilgan uyushmalar uchun muhim B2B platforma hisoblanadi. Bu yerda O‘zbekiston bozorining dolzarb ehtiyojlarini bevosita o‘rganish, mahalliylashtirish va eksport istiqbollarini baholash, sohaning asosiy korxonalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish mumkin.
Rasmiy delegatsiyalar uchun ko‘rgazma polimer sanoatining investitsiya va savdo salohiyatini baholash vositasi sifatida amaliy ahamiyatga ega.
