O’zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi

O’zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi

TOSHKENT, 7-oktabr. /”Dunyo” AA/.  Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, “Vnukovo” aeroportida O’zbekiston yetakchisini Rossiya Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo’lib o’tadi. Kun tartibidan Hamdo’stlik doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari o’rin olgan.